Jamiyat

Özbekistonda voyaga yetmaganlarga maşina boşqarişni topşirganlar 5 yilgaça qamalişi mumkin

Published

on


Özbekistonda yöl harakati qoidalarini buzgan haydovçilarga nisbatan jazo çoralari kuçaytirilmoqda. Senatning 21-yalpi majlisida yöl harakati xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan qonun maʼqullandi. Unga köra, mast holda takroran maşina boşqariş, voyaga yetmaganlarga transport vositasini topşiriş va tezlikni keskin oşiriş uçun jazo oğirlaşadi.

Jumladan, mast holda transport vositasini boşqarganlik uçun javobgarlik kuçaytirilmoqda. 2024 yilda bunday 11 994 ta, 2025 yilda esa 13 521 ta huquqbuzarlik qayd etilgan. Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan özgartirişlarga muvofiq, mast holda transport vositasini takroran boşqarganlik uçun bir yildan ikki yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanmoqda.

Şuningdek, voyaga yetmaganlarga transport vositasini boşqarişni topşirganlik uçun ham javobgarlik kuçaytiriladi. 2025 yilda 14 yoş va undan kiçik bolalar iştirokida 168 ta yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Bu borada Jinoyat kodeksiga yangi 261³-modda kiritilmoqda. Unga köra, voyaga yetmagan şaxsga transport vositasini boşqariş topşirilişi oqibatida örtaça oğir yoki oğir tan jarohati yetkazilsa, uç yilgaça ozodlikdan mahrum qilişgaça bölgan jazo qöllanişi mumkin. Agar buning oqibatida odam ölsa yoki boşqa oğir oqibatlar yuzaga kelsa, uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanmoqda. Maʼmuriy tartibda esa 50 BHM jarima yoki 15 sutkagaça maʼmuriy qamoq nazarda tutilgan.

Tezlikni oşirganlik uçun jarimalar miqdori ham kötarilmoqda. 2026 yilning dastlabki töqqiz oyida tezlikni soatiga 40-60 kilometrga oşiriş bilan boğliq 19 719 ta holat qayd etilgan.

Yangi qonunga muvofiq, tezlikni soatiga 40 kilometrdan ortiq oşirganlik uçun 25 BHMgaça, 60 kilometrdan ortiq oşirganlik uçun 45 BHMgaça jarima belgilanadi. Tezlikni 80 kilometrdan ortiq oşirgan haydovçilar esa 65 BHM jarima tölaş bilan birga, olti oyga transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qilinişi mumkin.

Bundan taşqari, yöl bezoriligi va noqonuniy avtomobil poygalariga qarşi çoralar ham kuçaytirilmoqda. 2025 yilda 604 ta, 2026 yilning dastlabki töqqiz oyida esa 572 ta yöl bezoriligi bilan boğliq huquqbuzarlik qayd etilgan. Xavfli manyovrlar, drift va boşqa harakat iştirokçilariga qasddan tösqinlik qiliş uçun ham javobgarlik çoralari oğirlaştirilmoqda.

Senatorlarning taʼkidlaşiça, qonundan közlangan maqsad faqat jazolarni kuçaytiriş emas, balki xavfli huquqbuzarliklarning oldini oliş, haydovçilar masʼuliyatini oşiriş va yöllarda insonlar hayotini asraşdan iborat.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version