Siyosat

O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalarining o‘sishi jadallashgan holda ishlab chiqarishning keskin o‘sishi qayd etilgan

Published

on


O‘zbekistonda quyosh va shamol stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 2026-yil fevral oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 203 foizga oshdi.

Foto: Qashqadaryo quyosh elektr stansiyasi

Energetika vazirligi maʼlumotlariga koʻra, yirik quyosh elektr stansiyalari fevral oyida 371 million kVt/soat, shamol stansiyalari esa 444 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqargan.

Natijada shu oyda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan jami elektr energiyasi ishlab chiqarish 815 million kVt/soatga yetdi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning fevral oyiga nisbatan 413 million kVt/soatga ko‘pdir.O‘tgan yilning shu davrida quyosh va shamol stansiyalari birgalikda 401 million kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqargan bo‘lsa, shundan 265 million kVt/soat quyosh, 136 million kVt/soat shamol stansiyalarida ishlab chiqarilgan.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushi ortib borayotgani mamlakatimiz elektr energetika tizimida ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarishni kengaytirishga xizmat qilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version