Iqtisodiyot
O‘zbekistonda qaysi sohada faoliyat yuritadigan korxonalar ko‘p?
2026-yil 1-mart holatiga O‘zbekistonda 576,8 mingta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, korxonalarning eng katta qismi savdo sohasiga to‘g‘ri keladi – 156 796 ta. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 127 071 ta, sanoatda 61 062 ta korxona qayd etilgan. Shuningdek, qurilishda 31 372 ta, yashash va ovqatlanish xizmatlarida 31 350 ta sub’yekt faoliyat yuritmoqda.
Hududlar kesimida esa Toshkent shahri yetakchi – 111 137 ta korxona. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (54 273) va Samarqand viloyati (53 475) turibdi. Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida – 16 557 ta.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 49 278 ta, Qashqadaryoda 44 055 ta, Andijonda 35 500 ta korxona faol. Buxoro (34 902), Namangan (33 776), Xorazm (32 069) va Surxondaryoda (32 023) ko‘rsatkichlar o‘rtacha darajada. Qoraqalpog‘istonda 29 220 ta, Jizzaxda 26 468 ta, Navoiyda 24 061 ta korxona mavjud.