Iqtisodiyot
O‘zbekistonda qaysi fintex ilovalar ko‘p yuklab olinmoqda?
2026-yil 1-may holatiga ko‘ra, «Soliq» mobil ilovasidan foydalanish ko‘rsatkichlari O‘zbekistondagi fintex platformalar orasida eng yuqori natijalardan birini qayd etdi.
Ushbu ilova foydalanuvchilari soni 16,9 milliondan oshgan. Shundan 15,8 million nafar foydalanuvchi faol hisoblanadi. Shaxsi tasdiqlangan foydalanuvchilar soni esa 12,3 million nafarga yetgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil aprel oyi holatida to‘lov va moliyaviy xizmatlar bozoridagi reytingda «Soliq» ilovasi 60,3 foiz ulush bilan birinchi o‘rinni egallagan. Bu yo‘nalishda keyingi o‘rinlardan «Alif», «Xazna», «Uzum Bank» va «Payme» platformalari joy olgan.
39,7 foizlik ikkinchi segmentda esa «Paynet» birinchi o‘rinni qayd etgan. Keyingi pog‘onalarda «Payme», «Click SuperApp», «Uzum Bank» va «Hamkor» ilovalari joylashgan.
Shuningdek, reytingda «TBC UZ», «Anorbank», «AVO» va «Ipak yo‘li Mobile» platformalari ham qayd etilgan.