Jamiyat
O‘zbekistonda qancha shifokor bor?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlar soni 107,5 ming kishini tashkil etgan.
Shifokorlar soni 2023-yilga nisbatan 1,8 ming kishiga yoki 1,7 foizga ko‘paygan.
Shifokor ayollar — 50,1 ming kishi (46,6 foiz);
Shifokor erkaklar — 57,4 ming kishi (53,4 foiz).
Hududlar kesimida shifokorlar soni:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 5,5 ming kishi;
Andijon viloyati — 8,1 ming kishi;
Buxoro viloyati — 6,7 ming kishi;
Jizzax viloyati — 2,8 ming kishi;
Qashqadaryo viloyati — 6,7 ming kishi;
Navoiy viloyati — 3,3 ming kishi;
Namangan viloyati — 6,2 ming kishi;
Samarqand viloyati — 11,5 ming kishi;
Surxondaryo viloyati — 4,8 ming kishi;
Sirdaryo viloyati — 2 ming kishi;
Toshkent viloyati — 7,4 ming kishi;
Farg‘ona viloyati — 9,9 ming kishi;
Xorazm viloyati — 6,2 ming kishi;
Toshkent shahri — 23,9 ming kishi.