Jamiyat
O‘zbekistonda qancha oilaviy nodavlat bog‘chalar borligi aytildi
O‘zbekistonda xususiy bog‘chalar soni ortib bormoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘a, 2024-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 38 058 tani tashkil etgan.
Ularning 28 729 tasini oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etadi.
MTTlar soni 2023-yilga nisbatan 2 085 taga oshgan.
Hududlar kesimida maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni:
Samarqand viloyati – 4 507 ta
Andijon viloyati – 4 324 ta
Qashqadaryo viloyati – 4 216 ta
Farg‘ona viloyati – 4 189 ta
Namangan viloyati – 3 962 ta
Surxondaryo viloyati – 3 077 ta
Toshkent viloyati – 2 340 ta
Buxoro viloyati – 2 153 ta
Xorazm viloyati – 2 049 ta
Jizzax viloyati – 1 709 ta
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1 874 ta
Navoiy viloyati – 1 466 ta
Sirdaryo viloyati – 1 145 ta
Toshkent shahri – 1 047 ta.
Avvalroq Milliy statistika qo‘mitasi 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonga 16 ta xorijiy davlatdan qiymati 473 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 40 345 dona elektromobil import qilingani haqida xabar bergandi.