Mahalliy

O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

Published

on


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi.

Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirilgan.

Maxsus sinovlar yo‘nalishlar kesimida belgilangan bo‘lib, ular quyidagi tartibda tasdiqlangan:

Ta’lim

San’at va gumanitar fanlar


San’at: 93 ball
Gumanitar fanlar (tillardan tashqari): 94 ball
Tillar: 94 ball

Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot


Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar: 105 ball
Jurnalistika va axborot: 105 ball

Biznes, boshqaruv va huquq


Biznes va boshqaruv: 94 ball
Huquq: 165 ball

Tabiiy fanlar, matematika va statistika


Biologiya va turdosh fanlar: 80 ball
Atrof-muhit: 94 ball
Fizika va tabiiy fanlar: 94 ball
Matematika va statistika: 94 ball

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari: 94 ball

Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari


Muhandislik ishi: 75 ball
Ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari: 75 ball
Arxitektura va qurilish: 75 ball

Qishloq, o‘rmon, baliq xo‘jaligi va veterinariya


Qishloq xo‘jaligi: 70 ball
O‘rmon xo‘jaligi: 70 ball
Baliq xo‘jaligi: 70 ball
Veterinariya: 60 ball

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot


Sog‘liqni saqlash: 129 ball
Ijtimoiy ta’minot: 94 ball

Xizmatlar sohasi


Xizmat ko‘rsatish sohasi: 80 ball
Gigiyena va mehnat muhofazasi: 70 ball
Transport xizmatlari: 104 ball

Eslatib o‘tamiz, ushbu ballar xorijiy va nodavlat OTMlardan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirishni istagan talabalar uchun belgilangan. Ularning asosida maxsus test sinovlari o‘tkaziladi va har bir soha uchun belgilangan minimal o‘tish ballidan yuqori natija talab etiladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version