Iqtisodiyot
O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarishda yangi rekord qayd etildi
2025 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 24,4 trln so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davri bilan solishtirilganda 16,9 foiz o‘sishni qayd etgan.
Hududlar kesimida kiyim ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
Andijon viloyati – 9,6 trln so‘m;
Namangan viloyati – 2,7 trln so‘m;
Toshkent viloyati – 2,6 trln so‘m;
Toshkent shahri – 1,8 trln so‘m;
Farg‘ona viloyati – 1,6 trln so‘m;
Navoiy viloyati – 1,4 trln so‘m;
Qashqadaryo viloyati – 1,1 trln so‘m;
Buxoro viloyati – 1 trln so‘m;
Samarqand viloyati – 863,7 mlrd so‘m;
Surxondaryo viloyati – 437,0 mlrd so‘m;
Jizzax viloyati – 419,1 mlrd so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 333,4 mlrd so‘m;
Sirdaryo viloyati – 291,5 mlrd so‘m;
Xorazm viloyati – 288,9 mlrd so‘m.