Iqtisodiyot

O‘zbekistonda inflatsiyani yangi uslubda hisoblashga o‘tiladi

Published

on


Iqtisodiyot | 09:18

581

1 daqiqa o‘qiladi

Keyingi yildan O‘zbekistonda inflatsiyani hisoblash uslubiyotini o‘zgartirish rejalashtirilyapti. Bunda 10 kunlik kuzatuvdan 30 kunlikka o‘tish, narx kuzatuvi obektlari sonini 4500 dan 7200 ga oshirish ko‘zda tutilgan.

Foto: Getty Images

Xalqaro valuta jamg‘armasi ekspertlari bilan birgalikda 2026 yildan O‘zbekistonda inflatsiyani hisoblash uslubiyotini xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Bu haqda 17 noyabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada Statistika qo‘mitasi va Markaziy bank rasmiylari ishtirokida tashkil etilgan anjumanda ma’lum qilindi.

Yangi tizim bilan iste’mol narxlari indeksini hisoblashda:


10 kunlik (har oy 10–20 sanasida) kuzatuvdan 30 kunlikka o‘tish;
narx kuzatuvi obektlari sonini 4 500 dan 7 200 ga oshirish;
muqobil ma’lumotlar manbalaridan olinadigan oylik narxlar sonini 100 mingtaga yetkazish ko‘zda tutilyapti.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version