Jamiyat
Özbekistonda huquqbuzarlik holatlari haqida xabar beriş tartibi belgilandi
Hukumatning 2026-yil 25-noyabrdagi 640-son qarori bilan «Huquqbuzarlik holatlari haqida xabar qiliş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, xabardor qiluvçi subyektlar öz xizmat va kasbiy faoliyati davomida huquqbuzarliklar, jumladan, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zöravonlik, voyaga yetmaganlarning nikohi hamda 16 yoşgaça bölgan şaxslarning homiladorlik holatlari haqida xabar beradi.
Bunday holatlar quyidagi manbalar orqali aniqlanadi:
jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari;
taʼlim-tarbiya jarayonidagi pedagogik kuzatuvlar, öquvçilar va ularning ota-onalari bilan suhbatlar;
tibbiy yordam va reabilitatsiya xizmatlarini körsatiş, tibbiy körikdan ötkaziş va dispanser nazoratiga oliş jarayonlari;
xizmat va kasbiy faoliyat davomida boşqa manbalardan olingan maʼlumotlar.
Masʼul xodim xabarnoma yuboriş vaqtida yoki undan söng zudlik bilan jabrlanuvçiga xabarnomaning mazmuni, qonunçilikda belgilangan himoya çoralari, jumladan, himoya orderi oliş imkoniyati haqida maʼlumot berişi lozim.
Şuningdek, jabrlanuvçiga «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari va boşqa taşkilotlarda mavjud xizmatlar, bepul yuridik maslahat oliş huquqi tuşuntiriladi.
Idoraviy axborot tizimlari töliq integratsiya qilinguniga qadar huquqbuzarlik holatlari haqida Içki işlar vazirligining 102 yoki 112 yagona dispetçerlik xizmatiga qönğiroq qiliş orqali xabar beriladi.