Iqtisodiyot
O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga 359 ta telefon to‘g‘ri kelmoqda
O‘zbekistonda 2025-yilda 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 359 ta mobil telefon to‘g‘ri kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Statistik ma’lumotlar telefonlar soni davomiy sur’atda o‘sib kelayotganini ko‘rsatmoqda. Jumladan, 2010-yilda 100 ta uy xo‘jaligiga 145 ta telefon to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2015-yilda bu ko‘rsatkich 234 taga yetgan.
2020-yilga kelib esa ushbu raqam 287 taga oshgan va keyingi besh yilda yana sezilarli o‘sish qayd etilgan.
2025-yilda esa ko‘rsatkich 359 taga yetgani aholida mobil qurilmalarga bo‘lgan talab yuqori darajada ekanini anglatadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga 2026-yilning yanvar–fevral oylarida 13 ta xorijiy davlatdan jami 909 951 dona qurilma import qilingani haqida xabar bergandik.