Jamiyat

O‘zbekistonda haftaning har payshanbasi «Yoshlar kuni» bo‘ladi

Published

on


Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda «Yoshlar kuni» etib belgilandi.

 Bu haqda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan yoshlar bilan muloqotda davlat rahbari ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu kunda sohaga mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitadi va muammosini hal qiladi.

Hokimlar yoshlarbop savdo-servis loyihalarini qiladi, yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va til o‘rganib, ishga kirishi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashadi, startapchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, alohida mablag‘ va grantlar ajratadi.

Eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, ma’naviyat va boshqa sohalardagi yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar o‘tkaziladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version