Iqtisodiyot

O‘zbekistonda eng ko‘p korxona qaysi sohada?

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-may holatiga respublikada jami 580,9 mingta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda.

Eng katta ulush savdo sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgan. Mazkur yo‘nalishda 158 ming 483 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu umumiy korxonalarning qariyb har to‘rtinchisini tashkil etadi.

Iqtisodiyotning ikkinchi yirik tarmog‘i sifatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi qayd etilgan. Ushbu sohada 127 ming 775 ta subyekt ishlamoqda.

Sanoat sohasida esa 61 ming 436 ta korxona faoliyat yuritib, ishlab chiqarish tarmog‘i iqtisodiyotdagi muhim ulushni saqlab qolmoqda.

Statistikaga ko‘ra, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 32 ming 266 ta korxona faoliyat olib bormoqda.

Qurilish sohasidagi subyektlar soni 31 ming 489 taga yetgan. Bu yo‘nalish so‘nggi yillarda infratuzilma va uy-joy qurilishi faollashuvi bilan iqtisodiyotning drayverlaridan biriga aylanmoqda.

Tashish va saqlash sohasida 18 ming 123 ta korxona ishlayotgan bo‘lsa, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 14 ming 732 ta tashkilot qayd etilgan.

Bulardan tashqari, axborot va aloqa sohasidagi korxonalar soni esa 12 ming 750 tani tashkil etgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version