Iqtisodiyot

O‘zbekistonda e-xizmat ko‘rsatuvchi 73 kompaniya soliq tushumlarini 44 foizga oshirdi

Published

on


2025 yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 73 ta xorijiy kompaniya tomonidan budjetga 124,8 mlrd so‘m soliq to‘landi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 44 foizga yuqori.

Jami to‘langan soliqlar hajmining 93 foizi 10 ta yirik kompaniya hissasiga to‘g‘ri keldi (taqriban 116,2 mlrd so‘m).

Ye-xizmat ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari har chorakdan keyingi oyning 20-kunigacha soliq hisobotini topshiradi va to‘lovni amalga oshiradi.

Top-10 yirik to‘lovchi (yanvar–sentabr, 2025):

Meta — 35,2 mlrd so‘m;

Apple — 35,1 mlrd so‘m;

Google — 31,2 mlrd so‘m;

OpenAI — 4,7 mlrd so‘m;

Booking.com — 2,9 mlrd so‘m;

TikTok — 2,6 mlrd so‘m;

Netflix — 1,3 mlrd so‘m;

Acca — 1,1 mlrd so‘m;

Zoom — 1,1 mlrd so‘m;

Adobe — 1,0 mlrd so‘m.

Soliq tushumlaridagi oshishga ye-xizmatlar bozorining kengayishi va yirik platformalar faolligining ortishi ta’sir ko‘rsatdi.

Top-10 ishtirokchining ulushi yuqori ekani bozor konsentratsiyasi yuqoriligini ko‘rsatadi, biroq qolgan kompaniyalar hissasi ham bosqichma-bosqich o‘sib bormoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version