Mahalliy

O‘zbekistonda bir qator bojxona postlari tugatiladi

Published

on


2025-yil 17-dekabrdagi «Bojxona ma’muriyatchiligi va tashqi savdo tartibotlarini yanada soddalashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-250-son Farmon ijrosi doirasida O‘zbekistonda bir qator bojxona postlari tugatiladi.

Xususan:


«Bobotog‘» bojxona punkti;
«Uchto‘rg‘on» chegara bojxona posti;
«Pop» chegara bojxona posti;
«Rovot» chegara bojxona posti;
«Rishton» chegara bojxona posti;
«Bekobod avto» chegara bojxona posti tugatiladi.

Mazkur chegara o‘tkazish punktlarida joriy yildan boshlab sinov tariqasida avtotransport vositalarini ko‘zdan kechirish ishlari faqatgina chegara qo‘shinlari tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, Masofaviy elektron deklaratsiyalash (MED) tizimi faoliyatini qayta tashkil etiladi. Jumladan, bunda Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridagi MED bojxona postlari faoliyati to‘xtatiladi.

Tugatilayotgan bojxona postlarining shtat birliklari «Bojxona rasmiylashtiruvi markazi»ga, shuningdek ish hajmi yuqori bo‘lgan boshqa bojxona postlariga o‘tkazilishi belgilangan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version