Jamiyat
O‘zbekistonda 4,2 mln kishi pensiya olmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasida pensiya oluvchilarning umumiy soni 4,2 mln kishini tashkil etgan.
Ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 93,9 ming kishiga yoki 2,3 foizga oshgan.
Pensiya oluvchi shaxslar soni yillar kesimida quyidagicha:
2020-yilda — 3 612,6 ming nafar
2021-yilda — 3 785,3 ming nafar
2022-yilda — 3 976,9 ming nafar
2023-yilda — 4 152,6 ming nafar
2024-yilda — 4 246,4 ming nafar