Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 33 ming tonnadan ziyod no‘xat yetishtirilgan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda respublikadagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 33,4 ming tonna no‘xat yetishtirilgan.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha ularning hajmi quyidagicha:
fermer xo‘jaliklarida – 24 ming tonna;
dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida – 6,9 ming tonna;
qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda – 2,5 ming tonna.