Jamiyat

O‘zbekistonda 3 bolali uy xo‘jaliklari ulushi ortib bormoqda

Published

on


Jamiyat | 11:22 / 27.02.2026

847

1 daqiqa o‘qiladi

Milliy statistika qo‘mitasining 2025 yilda o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari natijalariga ko‘ra, mamlakatda uch bolali uy xo‘jaliklari ulushi 19,6 foizga yetdi. Oxirgi o‘n yilda mazkur ko‘rsatkich bosqichma-bosqich o‘sib kelmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga asosan, 2025 yilda O‘zbekistonda 3 bolali uy xo‘jaliklari ulushi 19,6 foizni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, 3 bolali oilalar ulushi o‘tgan yillarda quyidagicha bo‘lgan:


2015 yil — 15,6 foiz;
2020 yil — 16,9 foiz;
2024 yil — 18,3 foiz;
2025 yil — 19,6 foiz.

Keltirilgan raqamlar uch bolali uy xo‘jaliklari ulushi yillar davomida barqaror o‘sish tendensiyasini ko‘rsatayotganini anglatadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version