Iqtisodiyot

O‘zbekistonda 2026 yilda birorta davlat banki xususiylashtirilmaydi

Published

on


2030 yilning yakunigacha davlatga tegishli 9 ta bankdan 5 tasi xususiylashtiriladi. Joriy yildagi davlat banklarini sotish rejalashtirilmagan.

2026 yil O‘zbekistonda birorta ham davlat banki xususiylashtirilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston–2030 strategiyasida keltirilgan.

Qayd etilishicha, ayni paytda 9 ta bank davlatga tegishli. 2027 yilda ularning soni 7 tagacha, 2028 yilda 6 tagacha, 2029 yilda 5 tagacha, 2030 yilda esa 4 tagacha qisqarishi rejalashtirilgan.

Qayd etish lozim, davlat banklarini xususiylashtirish bo‘yicha bir necha yil oldingi rejalarning katta qismi amalga oshmadi. Xususan, 2022 yilda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov “5 yildan keyin O‘zbekistonda davlatga qarashli faqat bitta bank bo‘lishi”ni aytgan edi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda davlatga tegishli banklar quyidagilar: Milliy bank, Agrobank, O‘zsanoatqurilishbank, Asakabank, Xalq banki, Biznesni rivojlantirish banki, Mikrokreditbank, Aloqabank va Turonbank.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version