Jamiyat
O‘zbekistonda 1-oktyabrdan ko‘chat va butalar zaxirasini yaratish ishlari boshlanadi
O‘zbekistonda 1-oktyabrdan tozalik va obodonlik bo‘yicha ikki oylik o‘tkaziladi. Bu Prezidentning «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirishda mahallalar rolini kuchaytirishga qaratilgan farmonida belgilangan.
Farmonga ko‘ra, 1-oktyabrdan yashil hududlarni aniqlash, yerlarni tayyorlash hamda ko‘chat va butalar zaxirasini yaratish ishlari boshlanadi.
Ko‘chat va butalar ekish mavsumi hududlarga qarab turli sanalarda boshlanadi:
1 noyabrdan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida;
5 noyabrdan — Buxoro va Navoiy viloyatlarida;
10 noyabrdan — Andijon, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida;
20 noyabrdan — Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida.
Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan «Yashil mahalla» loyihasi doirasida «Mahallani yashillashtirish» paketi joriy etiladi.
Loyiha doirasida mahallalarga O‘rmon agentligi tomonidan o‘rmonchi-murabbiylar biriktiriladi. «Mahalla yettiligi» a’zolari har bir ekish mavsumi oldidan o‘rmonchi-murabbiylar tomonidan qisqa o‘quv kurslarida o‘qitiladi.