Sport

O‘zbekiston yoshlar gandbol jamoasi Toshkentda o‘tayotgan Osiyo chempionatidan chetlatildi

Published

on


Bunga bir qator o‘yinchilarning hujjatlarida noaniqliklar borligi sabab bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

O‘zbekistonda o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati mezbonlar uchun noxush tarzda yakunlandi.

O‘zbekiston U20 jamoasi yarimfinal ostonasida musobaqadan chetlatildi. Osiyo gandbol federatsiyasi bu qaroriga izoh bermadi. O‘zbekistonliklarning guruh bosqichidagi barcha natijalari (3 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat) bekor qilindi. Oqibatda O‘zbekiston U20 nafaqat yarimfinal yo‘llanmasidan, balki jahon chempionatida ishtirok etish huquqidan ham mahrum bo‘ldi.

Ba’zi manbalarga ko‘ra, Osiyo gandbol federatsiyasi tomonidan chiqarilgan qarorga milliy jamoadagi bir qator o‘yinchilarning hujjatlarida noaniqliklar borligi sabab bo‘lgan.

Osiyo gandbol federatsiyasi holat bo‘yicha yakuniy qarorini keyinchalik e’lon qilishi kutilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version