Iqtisodiyot

O‘zbekiston YeTTBdan 1,1 mlrd yevro jalb qilishni rejalashtirgan

Published

on


O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) yangi tayinlangan bosh kotibi Militsa Delevich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasidagi munosabatlar izchil ravishda kengayib borayotgani qayd etildi. Joriy yilda amalga oshirilayotgan loyihalarga 1,1 milliard yevro jalb qilish rejalashtirilgan bo‘lib, uning katta qismi xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, muloqot chog‘ida bank tomonidan O‘zbekistonda e’tibor qaratilayotgan ustuvor yo‘nalishlar sifatida, infratuzilmani modernizatsiya qilish, energiya samaradorligi dasturlari, jumladan “yashil” energetika, ayollar tadbirkorligi, kichik va o‘rta korxonalar uchun imkoniyatlarni kengaytirish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash kabilar alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish va kelishuvlar ijrosini muvofiqlashtirib borish maqsadida muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib olindi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version