Iqtisodiyot

O‘zbekiston yashil tashabbuslarga yiliga 10 mlrd so‘mgacha mablag‘ sarflaydi

Published

on


Endilikda ekologik loyihalar moliyalashtiriladi.

2026 yildan boshlab atrof-muhitni asrash, ekologik madaniyatni oshirish va «yashil» g‘oyalarni amalda qo‘llab-quvvatlash uchun endilikda har yili 10 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.

Hukumat qarori bilan Yoshlar ishlari agentligi huzurida «Yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi» tashkil etildi.

Jamg‘arma tomonidan quyidagi tashabbuslar moliyalashtiradi:


tabiatga mehr va ekologik madaniyatni oshiruvchi loyihalar;
chiqindilarni qayta ishlash, yashil energiya va ekologik toza texnologiyalarni rivojlantirish;
daraxt ekish va parvarishlash tashabbuslari;
iqlim o‘zgarishi va ekologik barqarorlik bo‘yicha yoshlar g‘oyalari;
eko mavzudagi video, animatsiya va media loyihalar;
energiya tejamkorligi bo‘yicha tanlovlar va aksiyalar;
o‘rmonlarni tiklash, ekologik turizmni rivojlantirish tashabbuslari;
eko-chellenjlar va energiya sarfini kamaytiruvchi mobil ilovalar yaratish.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version