Iqtisodiyot
O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 35 yilda qariyb 5 barobarga oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil yakunlariga bo‘yicha O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 1 kvadrillion 849,7 trillion so‘mni tashkil etgan.
Qayd etilishicha, YaIMning real o‘sish sur’ati 1991-yilga nisbatan 478,1 foizni tashkil etgan. Bu esa iqtisodiyot hajmi qariyb 4,8 barobarga oshganini anglatadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1991-yilda YaIM 61,5 mlrd rublni tashkil etgan bo‘lsa, 1995-yilga kelib u 302,8 mlrd so‘mga yetgan. Keyingi yillarda ko‘rsatkich bosqichma-bosqich o‘sib borgan.
2000-yilda 3 256 mlrd so‘m, 2005-yilda 15 923 mlrd so‘m va 2010-yilda 88 102 mlrd so‘mlik ko‘rsatkich qayd etilgan.
So‘nggi yillarda o‘sish yanada tezlashgan. Xususan, 2020-yilda 705 077 mlrd so‘m bo‘lgan YaIM 2025-yilga kelib 1 849 650 mlrd so‘mga yetgan.