Siyosat

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari o‘zaro muloqot o‘tkazdi

Published

on


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, tovar ayirboshlash hajmi 10 foizga o‘sib, 13 milliard dollarga yetdi, joriy yil boshidan esa yana 32 foizga ko‘paydi.

Sanoat, energetika, transport va iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlarida yirik kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish davom etmoqda.

O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish loyihasini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning samarali faoliyatiga yuksak baho berildi.

Tomonlar kooperatsiyaning yangi shakl va loyihalarini ilgari surish uchun samarali maydonga aylangan “INNOPROM Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasining navbatdagisini joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida o‘tkazishga faol tayyorgarlik ko‘rayotgani ta’kidlandi.

Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan, Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo va Ukrainadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Bo‘lajak tadbirlar rejasi ham muhokama qilindi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version