Siyosat

O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik memorandumini imzoladi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Shuhrat Xolmuhammadov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Qatar davlati poytaxti Dohaga bordi.

Mudofaa vazirligiga ko‘ra, tashrif doirasida O‘zbekiston mudofaa vaziri Qatar Bosh vaziri o‘rinbosari va mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Shayx Saud bin Abdulrahmon bin Hassan Ol Tani bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida tomonlar mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar va mavjud geosiyosiy vaziyatni muhokama qildi.

Shuningdek, harbiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma muvofiqlashtirish ishlarini kuchaytirish va ikki davlat mudofaa tuzilmalari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida harbiy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version