Jamiyat

O‘zbekiston va Koreya migratsiya sohasida bitim ishlab chiqmoqda

Published

on


O‘zbekiston va Janubiy Koreya migratsiya sohasida sheriklik to‘g‘risidagi bitim loyihasini ishlab chiqmoqda.

Foto: Migratsiya agentligi

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Janubiy Koreyaga rasmiy safari doirasida Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Jung Ki-xong bilan muzokaralar o‘tkazdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar davomida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, O‘zbekistondagi koreys diasporasini va Janubiy Koreyadagi O‘zbekiston fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mehnat migratsiyasi masalalari muhokama qilindi. 

Ayni paytda migratsiya sohasida sheriklik to‘g‘risidagi bitim loyihasini idoralararo kelishish ishlari davom etmoqda.

Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ushbu hujjatni imzolashga ko‘maklashishga va madaniy-gumanitar, iqtisodiy va mehnat migratsiyasi sohalarida hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanligini tasdiqladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version