Siyosat
O‘zbekiston va BAA o‘rtasida yirik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, suhbat avvalida vazir Shavkat Mirziyoyevga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad Ol Maktum, Vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon va Abu-Dabi Amirligi valiahdi Shayx Holid Ol Nahayonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston – BAA strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani alohida qayd etildi. Jumladan, tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi, qo‘shma korxonalar soni ortib bormoqda. Beshinchi Toshkent investitsiya forumi doirasida BAA kompaniyalari bilan qator yangi kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.
Shuningdek, «yashil» energetika, yoqilg‘i ishlab chiqarish, transport, logistika, sun’iy intellekt, raqamlashtirish va boshqa yo‘nalishlardagi yirik loyihalarni jadallashtirishga kelishib olindi.