Siyosat

O‘zbekiston va BAA birgalikda umummilliy kitobxonlik harakatini yo‘lga qo‘yadi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 may kuni Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida vazir davlatimiz rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, mamlakat Bosh vaziri, Vitse-prezidenti va Dubay Amiri Shayx Muhammad Ol Maktum hamda Vitse-prezident Shayx Mansur Ol Nahayonning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, avvalo, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston – BAA do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib, ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik mustahkamlanayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlat xizmati mexanizmlarini takomillashtirishning 10 ta asosiy yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutuvchi qo‘shma «yo‘l xaritasi» izchil amalga oshirilmoqda. BAAning byurokratiyani qisqartirish sohasidagi ilg‘or tajribasi joriy etilmoqda. Tegishli dastur doirasida loyiha ofisi ishga tushirildi.

Hozirga qadar qamrovi bir milliondan oshgan «Besh million sun’iy intellekt yetakchilari» ta’lim dasturini amalga oshirish natijalari ham e’tirof etildi.

Bugun «Davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash» loyihasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tashabbus qamrovini, jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillarini jalb qilish hisobiga yanada kengaytirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Umummilliy kitobxonlik harakatini birgalikda yo‘lga qo‘yish rejalari ko‘rib chiqildi.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va kamol toptirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish, qo‘shma taraqqiyot forumlarini o‘tkazish hamda O‘zbekiston rivojiga xizmat qiluvchi strategik va konseptual hujjatlarni tayyorlashni ilgari surish bo‘yicha kelishuvga erishildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version