Sport

O‘zbekiston termasining muhim futbolchisi JChni o‘tkazib yuboradi

Published

on


O‘zbekiston milliy terma jamoasining himoyachisi Husniddin Aliqulov jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi. Aliqulov Turkiya Superligasining «Gyoztepe»ga qarshi bahsida og‘ir jarohat olgan. 

«Chaykur Rizespor» klubi tibbiy komissiyasi raisi, professor Hasan Turut futbolchining sog‘lig‘i borasida rasmiy ma’lumot berdi.

Tibbiy tekshiruvlar natijasi kutilganidan ham ayanchliroq bo‘lib chiqdi. Himoyachining chap tizzasida bir yo‘la bir nechta jiddiy shikastlanishlar aniqlangan.

Shifokorlarning qaroriga ko‘ra, Aliqulov yaqin kunlarda jarrohlik stoliga yotadi. Uning yashil maydonlarga qaytishi uchun taxminan 6 oydan 9 oygacha vaqt talab etiladi.

Bu esa Husniddin uchun joriy mavsum muddatidan avval yakunlanganini va katta ehtimol bilan terma jamoamizning Jahon chempionatidagi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishini anglatadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version