Iqtisodiyot
O‘zbekiston tarixida ilk bor yirik xalqaro aksiyadorlik bitimi amalga oshirildi
O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi.
O‘zbekiston tarixida ilk bor yirik xalqaro aksiyadorlik bitimi amalga oshirildi — «O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi» AJ (UZNIF) o‘z aksiyalarini London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqardi.
Mazkur IPO orqali mamlakat iqtisodiyotiga qariyb 604 million AQSh dollari jalb qilindi. Bugungi kunda jamg‘armaning umumiy bozor qiymati esa 1,95 milliard dollarga baholanmoqda.
Eng muhim jihati — endilikda oddiy fuqarolarimizdan tortib xalqaro yirik fondlargacha yirik davlat aktivlariga sarmoya kiritish va iqtisodiy o‘sishdan daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mahalliy investorlar uchun aksiyalar narxi 4,65 so‘m etib belgilandi, jismoniy shaxslarga esa qo‘shimcha 5 foizlik chegirma taqdim etildi.
«Black Rock», «Franklin Resources», «Rehwheel» kabi dunyoning eng yirik investitsiya fondlari loyihaga investor sifatida kirib kelgani O‘zbekistonga xalqaro ishonch keskin oshganini ko‘rsatmoqda.
Bu shunchaki aksiyalar savdosi emas. Bu – O‘zbekiston iqtisodiyotining ochiqligi, shaffofligi va jahon moliya bozorlariga ishonch bilan kirib borayotganining amaliy natijasidir.