Sport
O‘zbekiston Rossiyaga qarshi o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Unda vakillarimiz ikkita to‘p farqi bilan g‘alaba qozonayotib, imkoniyatni boy berdilar.
O‘yinda O‘zbekiston 4-daqiqadayoq hisobni ochdi. 46-daqiqada Behruz Karimov farqni ikkitaga oshirdi. Biroq rossiyaliklar 10 daqiqa ichida 3 ta gol urishga erishib, g‘alabani ilib ketdilar.
Gollar: 1:0 – 4, Viktor Melyoxin (avtogol); 2:0 – 46, Behruz Karimov (Dostonbek Hamdamov); 2:1 – 70, Nikolay Komlichenko (Kirill Danilov); 2:2 – 75, Nikolay Komlichenko; 2:3 – 79, Aleksey Miranchuk (Danil Krugovoy)