Iqtisodiyot

O‘zbekiston Quvaytga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini qayta tikladi

Published

on


O‘zbekiston va Kuvayt kompaniyalar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi  mahsulotlar savdosini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.

Kelishuvga ko‘ra, mamlakatimizning Kuvaytdagi elchixonasi ko‘magida mahalliy «Expo Orient Fruits» o‘zbek kompaniyasi tomonidan Kuvaytning «Star Fruit Co.» korxonasiga O‘zbekistondan 1 tonna hajmdagi ho‘l mevalar (o‘rik, shaftoli, olxo‘ri, tarvuz va qovun) eksport qilindi.

Mazkur yetkazib berish ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosini diversifikatsiya qilish yo‘lidagi amaliy qadamlardan biri sifatida qayd etildi.

Yaqin Sharqdagi mavjud logistikadagi murakkab vaziyat hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar mavjud emasligi sababli, mahsulotlar Kuvaytga O‘mon sultonligi orqali, «Oman Air» aviakompaniyasi ko‘magida tranzit yo‘li bilan yetkazib berildi. Eksport jarayonida sovutilgan tashish (cold chain) talablariga qat’iy rioya etilgani mahsulotlarning sifati va yangi holda yetib borishini ta’minladi.

Ma’lumot uchun, 1991 yilda tashkil etilgan «Star Fruit Co.» kompaniyasi Kuvaytdagi yirik restoranlar va besh yulduzli mehmonxonalarni yangi meva-sabzavotlar bilan uzluksiz ta’minlovchi yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version