Iqtisodiyot

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Iroqqa eksport qilinadi

Published

on


Poytaxtda o‘tkazilgan O‘zbekiston–Iroq investitsiya va biznes forumi doirasida qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Iroq savdo vaziri Azir Davud Salman Al-Gurairi bilan uchrashdi. Tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Uchrashuv davomida agrar sohada qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekistonda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlarini Iroq bozoriga eksport qilish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasida tajriba almashishga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lum qilinishicha, forum doirasidagi muloqotda ikki mamlakat rasmiylari, ishbilarmon doira vakillari hamda Iroqning 150 ga yaqin kompaniyalari vakillari ishtirok etgan. Tomonlar tuproq tarkibini o‘rganish, don va dukkakli ekinlarni yetishtirishda O‘zbekiston tajribasini Iroqda joriy etish hamda bu maqsadda o‘zbekistonlik ekspertlar guruhining Iroqqa ishchi tashrifini tashkil etish masalalarini ham muhokama qildi.

Qayd etilishicha, mazkur investitsiya va biznes forumi O‘zbekiston–Iroq ishbilarmonlik hamkorligi tarixida ikkinchisi hisoblanadi. Ilk shunday tadbir 2025 yil dekabr oyida Iroq poytaxti Bog‘dod shahrida o‘tkazilgan edi. Navbatdagi forum esa ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli, deya baholanmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version