Siyosat

O‘zbekiston prezidenti Yaponiyaga jo‘nab ketdi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining taklifiga binoan 18-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Tokioda bir qator oliy darajadagi uchrashuvlar va tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston – Yaponiya strategik sherikligi va ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish hamda kengaytirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqoti davlat rahbarlarining birinchi sammitida ishtirok etadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version