Siyosat
O‘zbekiston prezidenti Syurixda kutib olindi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Syurix shahriga keldi.
Syurix xalqaro aeroportida Prezidentimizni Birlashgan savdo-sanoat palatasi rahbari Dorit Probst kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, 22-yanvar kuni Davos shahrida mamlakatimiz yetakchisi AQSh prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida ishtirok etishi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati