Siyosat

O‘zbekiston prezidenti Anqarada rasmiy kutib olindi

Published

on


Turkiya Respublikasi Prezidentining Anqara shahridagi Oqsaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarini Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on kutib oldi.

Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdo‘g‘on shohsupaga ko‘tarildilar. Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Ayni daqiqalarda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda. Tomonlar O‘zbekiston – Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version