Iqtisodiyot

O‘zbekiston, Polsha va Chexiya agrosohada hamkorlikni kengaytiradi

Published

on


18-Berlin qishloq xo‘jaligi vazirlari konferensiyasi doirasida O‘zbekiston, Polsha va Chexiya vakillari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Muloqotlarda ta’lim va ilm-fan yo‘nalishlarida hamkorlik, “aqlli qishloq xo‘jaligi” yechimlari hamda eksport-import jarayonlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Xususan, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov Polsha davlat kotibi Yatsek Chernyak hamda Chexiya qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Jindřich Fialka bilan ikki tomonlama muloqotlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma loyihalarni rivojlantirish, ilmiy salohiyatni birlashtirish orqali zamonaviy yechimlarni amaliyotga joriy etish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, raqamli texnologiyalar, “aqlli qishloq xo‘jaligi” yechimlari, veterinariya va karantin tizimlarini takomillashtirish, xalqaro standartlarga muvofiqlikni ta’minlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Muloqotlar davomida innovatsion tajribalarni o‘zaro almashish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport-import jarayonlarini rivojlantirish orqali o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qayd etilishicha, mazkur uchrashuvlar O‘zbekiston va Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi agrar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, istiqbolda qo‘shma loyihalar ko‘lamini kengaytirish yo‘lida muhim amaliy qadam sifatida baholanmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version