Iqtisodiyot

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari keskin kamaydi

Published

on


O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket yetti oylik o‘sishdan keyin mart oyida sezilarli darajada qisqardi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1-aprel holatiga xalqaro aktivlar hajmi 68,99 mlrd dollarni tashkil etgan.

Bir oy davomida zaxiralar 8,09 mlrd dollarga yoki qariyb 10 foizga kamaygan. Xususan, mart oyida oltin narxi 5174,1 dollardan 4553,95 dollargacha tushgan. Bu esa Markaziy bank balansdagi oltin aktivlarining qiymatini sezilarli ravishda kamaytirgan.

Markaziy bank zaxiralaridagi oltin qiymati ketma-ket sakkiz oylik o‘sishdan keyin 6,82 mlrd dollarga kamayib, 60,85 mlrd dollarga tushdi. Shuningdek, oltinning fizik hajmi aksincha oshdi. U 0,3 mln troy unsiyaga ko‘payib, 13,4 mln troy unsiyaga, ya’ni 416,8 tonnaga yetgan.

Valyuta zaxiralari ham qisqarishda davom etdi. Mart oyida ular 1,26 mlrd dollarga kamayib, 7,57 mlrd dollarni tashkil etgan.

Shu bilan birga, xorijiy markaziy banklar va Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi mablag‘lar 1,3 mlrd dollarga yetgan, xorijiy banklardagi aktivlar esa 4,71 mlrd dollar bo‘lgan.

Ayni paytda Markaziy bank tomonidan xorijiy qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar ham davom etmoqda. Ularning umumiy qiymati 1,545 mlrd dollarga yetgan bo‘lib, jami zaxiralardagi ulushi 2,24 foizni tashkil qiladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version