Sport
O‘zbekiston olimpiyachilari Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston U23 2026 yilda Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan Osiyo Kubogida ishtirok etadi.
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 2026 yilgi Osiyo Kubogi ishtirokchisiga aylandi.
Bosh murabbiy Ravshan Haydarov shogirdlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazilgan saralash musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
O‘zbekiston U23 saralash guruhida Shri Lanka (4:0) va Falastinni (2:1) mag‘lub etib, Qirg‘iziston (2:2) bilan durang o‘ynadi. Natijada 7 ochko jamg‘arib, mezbonlardan faqat to‘plar nisbatiga ko‘ra orqada qolib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu ko‘rsatkich o‘zbekistonliklar uchun Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga yetarli bo‘ldi.
Yoshlar o‘rtasidagi 2026 yilgi Osiyo Kubogi 7-25 yanvar kunlari Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi.