Sport
O‘zbekiston mundialga chiqqan tarixiy o‘yindan fotogalereya
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi 5 iyun kuni Abu-Dabidagi «Al-Nahayon» stadionida mezbonlarga qarshi kechgan hal qiluvchi o‘yinda 0:0 hisobidagi durangga erishdi. Bu natija evaziga Timur Kapadze boshchiligidagi jamoa Argentina, Yaponiya, Eron, Yangi Zelandiya kabi jamoalar ortidan muddatidan oldin jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
O‘z tarixida ilk bor mundialga chiqqan O‘zbekiston jahon chempionatlari tarixidagi 81-jamoaga aylandi.
O‘FA O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionatiga chiqqan tarixiy o‘yindan fotogalereyani taqdim etdi.