Siyosat

O‘zbekiston mintaqa davlatlari bilan korrupsiyaga qarshi kurashishda hamkorlikni kuchaytiradi

Published

on


O‘zbekiston delegatsiyasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlatlararo kengash majlisida ishtirok etdi. Yig‘ilishda dolzarb muammolar, xalqaro tashabbuslar va hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi delegatsiya Armaniston poytaxti Yerevanda bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlatlararo kengashning 10-majlisida ishtirok etdi.

Tashrifning asosiy maqsadi mintaqada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi dolzarb masalalar, tashabbuslar va strategik yo‘nalishlarni muhokama qilish hamda amaliy hamkorlikni kuchaytirish bo‘ldi.

Yig‘ilishda delegatsiya rahbari O‘zbekiston Kengash faoliyatida faol ishtirok etishga, orttirilgan tajriba bilan o‘rtoqlashish va yangi qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi.

Majlisda virtual valyutalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish, korrupsiya uchun yuridik shaxslarning javobgarligi va korrupsiyadan xoli biznes muhitini yaratish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi bir qator xorijiy idoralar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan, Armaniston bosh prokurori Anna Vardapetyan bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ikki mamlakat o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Shuningdek, Belarus Bosh prokuraturasi bilan hamkorlik to‘g‘risida hujjat imzolandi.
Ma’lumot uchun, 2025 yil 30 iyuldagi PQ-240-son prezident qaroriga muvofiq, O‘zbekiston 2013 yilda Minsk shahrida imzolangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlatlararo kengashni tuzish to‘g‘risidagi bitimga rasman qo‘shilgan.

Kengash a’zolari qatorida Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikistonning aksilkorrupsiya idoralari rahbarlari ham bor.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version