Sport
O‘zbekiston milliy jamoasining JChdagi raqiblari dekabrda Las-Vegasda aniqlanadi
Shu yilning 5 dekabr kuni Las-Vegasda (AQSh) futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Ma’lum qilinishicha, Kanada va Meksikaning arizalari rad etilganidan keyin turnir rahbariyati Las-Vegasni tanlagan.
Qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladigan joy 54 ming kvadrat metrlik ulkan ekran bilan jihozlangan va salkam 17,5 ming tomoshabinni o‘zida sig‘dira oladigan “Sfera” ko‘ngilochar majmuasi bo‘lishi kutilyapti.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etadi. Mundial 2026 yilning 15 iyunidan 13 iyuliga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Bo‘lajak turnir 48 ta terma jamoa ishtirokidagi ilk jahon chempionati sifatida tarixga kiradi.