Sport

O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentdagi FIFA Series 2026 turnirida ishtirok etadi

Published

on


Mart oyida bo‘lib o‘tadigan musobaqada Gabon, Trinidad va Tobago, shuningdek, Venesuela ham ishtirok etadi.

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan FIFA Series 2026 turnirlari tarkibini e’lon qildi.

Mart oyida o‘tkaziladigan turnirlardan biriga Toshkent mezbonlik qiladi. Unda O‘zbekiston milliy jamoasi bilan birga Gabon, Trinidad va Tobago, shuningdek, Venesuela ham ishtirok etadi. O‘yinlar yarimfinal va final sxemasi bo‘yicha o‘tkaziladi, taqvim keyinroq e’lon qilinadi.

Qayd qilinishicha, FIFA Series 2026 turnirlarida qirq sakkizta milliy jamoa, ya’ni jahon futbol hamjamiyatining deyarli to‘rtdan bir qismi ishtirok etadi. Barcha o‘yinlar butun dunyo bo‘ylab translatsiya qilinadi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarga Avstraliya, Ozarboyjon, Indoneziya, Qozog‘iston, Yangi Zelandiya, Puerto-Riko, Ruanda va O‘zbekiston mezbonlik qiladi. Ayollar o‘rtasidagi musobaqalar Braziliya, Kot-d’Ivuar va Tailandda bo‘lib o‘tadi.

Turnirda ishtirok etayotgan beshta erkaklar milliy jamoasi – Avstraliya, Kabo-Verde, Kyurasao, Yangi Zelandiya va O‘zbekiston 2026 yilgi jahon chempionati ishtirokchisi sanaladi.

Erkaklar guruhlari

Avstraliya (mezbon) – Avstraliya, Kamerun, Xitoy, Kyurasao

Ozarboyjon – Ozarboyjon, Ummon, Siyerra-Leone, Sent-Lyusiya

Indoneziya – Bolgariya, Indoneziya, Sulaymon orollari, Sent-Kits va Nevis

Qozog‘iston – Qamar orollari, Qozog‘iston, Kuvayt, Namibiya

Yangi Zelandiya – Kabo-Verde, Chili, Finlyandiya, Yangi Zelandiya

Puerto-Riko – Amerika Samoasi, Guam oroli, Puerto-Riko, AQSh Virjiniya orollari

Ruanda (A guruhi) – Estoniya, Grenada, Keniya, Ruanda

Ruanda (B guruhi) – Aruba, Lixtenshteyn, Makao, Tanzaniya

O‘zbekiston – Gabon, Trinidad va Tobago, O‘zbekiston, Venesuela

Ayollar guruhlari

Braziliya – Braziliya, Kanada, Janubiy Koreya, Zambiya

Kot-d’Ivuar – Kot-d’Ivuar, Mavritaniya, Pokiston, Tyorks va Kaykos orollari

Tailand – Kongo DR, Nepal, Okeaniya jamoasi, Tailand



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version