Sport
O‘zbekiston milliy jamoasi «Olimpiya» stadionidagi ilk o‘yinini durang bilan yakunladi
«CAFA Nations Cup-2025» musobaqasi doirasidagi O‘monga qarshi o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.
Toshkentda futbol bo‘yicha «CAFA Nations Cup-2025» musobaqasi boshlandi.
O‘zbekiston milliy jamoasi 30 avgust kuni dastlabki o‘yinni yangi barpo etilgan «Olimpiya» stadionida o‘tkazdi. O‘monga qarshi o‘yin 1:1 hisobida tugadi. 4-daqiqada Ar-Rahvoniy hisobni ochgan bo‘lsa, 55-daqiqada Hojimat Erkinov javob golini urdi.
Guruhning yana bir o‘yinida Qirg‘iziston va Turkmaniston milliy jamoalari ham xuddi shunday hisobni qayd etdi.
«CAFA Nations Cup-2025» musobaqasida 8 ta milliy jamoa ishtirok etmoqda. O‘yinlar Toshkent va Dushanbe shaharlarida o‘tkazilyapti.
Tojikistondagi guruhda mezbonlar bilan birga Eron, Afg‘oniston va Hindiston ham ishtirok etyapti.
O‘zbekiston milliy jamoasi navbatdagi o‘yinlarni 2 sentabr kuni Turkmanistonga, 5 sentabr kuni Qirg‘izistonga qarshi o‘tkazadi.
Guruhda 1-o‘rinni egallagan jamoalar 8 sentabr kuni finalda to‘qnash keladi.