Iqtisodiyot

O‘zbekiston Masdar va AMEA Power bilan energiya saqlash tizimlari bo‘yicha shartnomalar imzoladi

Published

on


2–6 noyabr kunlari Abu-Dabida o‘tayotgan ENACT Majlis va ADIPEC-2025 xalqaro forumlari doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi BAAning yetakchi kompaniyalari bilan energiya saqlash loyihalari bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishdi. Xususan, Masdar va AMEA Power bilan quvvati yuqori energiya saqlash tizimlarini barpo etish haqida shartnomalar imzolandi.

Foto: Energetika vazirligi

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etgan tadbirlarda energetika tarmoqlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish va barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilindi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish jarayonlari, ma’lumotlar markazlari (Data Center) va raqamli ulanish tizimlarining dolzarbligi alohida ta’kidlandi.

Forum doirasida quyidagi shartnomalar imzolandi:


Navoiy viloyatida quvvati 300 MVt/600 MVt·soat bo‘lgan energiya saqlash tizimi — Masdar bilan;
quvvati 200 MVt/800 MVt·soat bo‘lgan energiya saqlash tizimi — AMEA Power bilan.

Uchrashuvlarda BAAning sanoat va ilg‘or texnologiyalar vaziri Sulton Ahmad Al-Jobir, energetika va infratuzilma vaziri Suxail al-Mazruiy, shuningdek Masdar, AMEA Power, Siemens Energy, Honeywell, SLB, BP va boshqa hamkor kompaniyalar rahbarlari bilan hamkorlikning amaliy yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Masdar bilan hamkorlikda O‘zbekistonda umumiy quvvati 1 247 MVt bo‘lgan 5 ta quyosh va 500 MVt shamol elektr stansiyasi hamda 63 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi ishga tushirilgan. Qashqadaryo viloyatida esa 300 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etilmoqda. Yangi energiya saqlash loyihalari tarmoqning moslashuvchanligini oshirish, “yashil” generatsiya ulushini kengaytirish va tizim ishonchliligini mustahkamlashga xizmat qiladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version