Siyosat
O‘zbekiston Lesoto bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
O‘zbekiston Lesoto Qirolligi bilan rasman diplomatik munosabatlar o‘rnatdi.
27-mart kuni Nyu-Yorkda diplomatik munosabatlar o‘rnatish bo‘yicha qo‘shma kommyunike imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot byurosi. Hujjat O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Lesotoning BMTdagi doimiy vakili Matete Nena tomonidan ma’qullandi.
Uchrashuvda tomonlar xalqaro tashkilotlar, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar. Muhokamalarda, shuningdek, global va mintaqaviy muammolar bo‘yicha konstruktiv hamkorlikni rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdorlik ta’kidlandi.
Lesoto Qirolligi Afrikaning janubida joylashgan, butunlay Janubiy Afrika hududi bilan o’ralgan noyob anklav davlatidir. Shuningdek, u butun hududi dengiz sathidan 1400 metrdan ortiq balandlikda joylashgan dunyodagi yagona davlatdir.
Lesoto O‘zbekiston bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 166-davlat bo‘ldi.