Iqtisodiyot

O‘zbekiston Karachi porti imkoniyatlarini o‘rganishni boshladi

Published

on


14–15 yanvar kunlari investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shohrux G‘ulomov O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida amaliy tashrif bilan Pokistonda bo‘ldi. Tashrif doirasida sanoat, investitsiya va logistika yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

“Dunyo” AA xabar berishicha, O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) ma’lumotlariga ko‘ra, amaliy tashrif davomida ikki mamlakat o‘rtasida qator muhim uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tashrifning birinchi kuni Pokiston bosh vazirining sanoat masalalari bo‘yicha maxsus yordamchisi Harun Axtar Xon bilan tor doirada uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Pokiston Sanoat va ishlab chiqarish vazirligi binosida qariyb 10 ta tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish tashkil etildi.

Tashrif davomida charm sanoati bo‘yicha tarmoq uyushmalari rahbarlari, shuningdek farmatsevtika va sanoat sohasidagi yetakchi kompaniyalar rahbariyati bilan ham muzokaralar olib borildi.

Shuningdek, Pokiston Milliy logistika kompaniyasi (NLC) bosh direktori Shog‘ayb Ahmad Xon bilan uchrashuvda xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish, shuningdek Xunjyerob dovoni orqali Pokiston – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston transport yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrifning ikkinchi kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Karachi portiga tashrif buyurib, port infratuzilmasidan tranzit yo‘nalishlarini kengaytirish, shuningdek O‘zbekiston mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarishda foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

Uchrashuvlar yakunida tomonlar maslahatlashuvlarni davom ettirish va qo‘shma tashabbuslarni amaliy jihatdan chuqur ishlab chiqishga kelishib olgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version