Siyosat

O‘zbekiston Iroqqa yangi elchisini jo‘natdi

Published

on


O‘zbekistonning Iroqda yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi (qarorgohi Al-Kuvayt shahrida joylashgan) Ayubxon Yunusov ushbu mamlakat Prezidenti Abdullatif Rashidga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Tantanali marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqot avvalida Iroq yetakchisi Adullatif Rashid Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan xalqaro tadbirlar doirasida bo‘lib o‘tgan suhbatlarini iliq taassurotlar bilan yodga oldi.

Suhbat yakunida prezident Adullatif Rashid O‘zbekistonning Iroqdagi elchisi tayinlanganligi munosabati bilan tabriklab, uning mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Eslatib o‘tamiz, Ayubxon Yunusov 2024-yil 6-fevral kuni O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi sifatida Al-Kuvayt shahriga tashrif buyurgan edi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version