Iqtisodiyot
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025 yilda 1,85 kvadrillion so‘mga yaqinlashdi
2025 yilda O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti joriy narxlarda 1 849,7 trln so‘mni tashkil etdi. 2024 yilning mos davriga nisbatan iqtisodiy o‘sish 7,7 foiz darajasida qayd etildi.
Milliy statistika qo‘mitasi keltirgan raqamlarga ko‘ra, 2025 yilda mamlakat iqtisodiyoti hajmi joriy narxlarda sezilarli oshgan. YaIM ko‘rsatkichi 2021–2025 yillar kesimida izchil o‘sish tendensiyasini ko‘rsatmoqda.
YaIM hajmi (joriy narxlarda):
2021 yil — 861,2 trln so‘m;
2022 yil — 1 041,9 trln so‘m;
2023 yil — 1 261,8 trln so‘m;
2024 yil — 1 535,4 trln so‘m;
2025 yil — 1 849,7 trln so‘m.
Shu davrda YaIMning nominal hajmi yildan yilga ortib borgan:
2022 yilda +180,7 trln so‘m;
2023 yilda +219,9 trln so‘m;
2024 yilda +273,6 trln so‘m;
2025 yilda +314,3 trln so‘m.
Qayd etilishicha, 2025 yilda iqtisodiy o‘sish sur’ati 7,7 foiz bo‘lib, bu iqtisodiyotda ishlab chiqarish va xizmatlar faolligi saqlanayotganini anglatadi.